“Qamchiq” orqali turistik mikroavtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda maʼlum qildi.
“Joriy yil 10 apreldan xavfsizlik choralarini koʻrib, “Qamchiq” dovoni orqali turistik mikroavtobus (15 kishigacha), Jizzax dovoni, Chimyon va Chorvoqda turistik avtobus va mikroavtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyishga ruxsat beriladi” dedi Prezident.