platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda oʻtayotgan “Konstitutsiya - bizniki!” tadbirida senator yigʻlab yubordi

Senator, Jizzax viloyati bolalar shifoxonasi bosh shifokori Xolida Alimova koʻp yillik faoliyati davomida 11 yoshli xasta bolaning savoliga javob berishga ojiz qolganini koʻzda yosh bilan aytib berdi.
Jizzaxda oʻtayotgan “Konstitutsiya - bizniki!” tadbirida senator yigʻlab yubordi

Joriy yilning 30 aprelida oʻtadigan referendumga bagʻishlab Jizzaxda tashkil etilgan “Konstitutsiya - bizniki!” tadbirida senator, Jizzax viloyati bolalar shifoxonasi bosh shifokori Xolida Alimova koʻzda yosh bilan faoliyatidagi taʼsirli voqeani aytib berdi.

– Koʻp yillardan buyon bolalar shifokori boʻlib ishlayman. Avvallari viloyatimizda murakkab jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazib boʻlmasdi. Bunga sharoit yoʻq edi. Palataga kirganimda 11 yoshli yuragida xasta bola kirib, men tuzalib ketamanmi, men oʻlmaymanmi, desa javob yoʻq edi. Kislorodga ulab qoʻya olardik xolos. Hech qanday yordam koʻrsata olmasdik. Faqatgina operatsiya qilish kerak boʻlardi, ammo bu imkoniyat bizda yoʻq edi.

Keyingi bir necha yil davomida esa vaziyat ancha oʻzgardi. Janubiy Koreyadan yuqori malakali mutaxassislar kelib viloyat bolalar shifoxonamizda 30 ta murakkab jarrohlik amaliyotini amalga oshirdi. Bu mahalliy shifokorlar uchun oʻziga xos mahorat maktabini ham oʻtadi. Hozir bu jarrohlik amaliyotlari oʻzimizda bajarilmoqda. Bu bilan nima demoqchiman, yangilanayotgan Konstitutsiya bilan davlat fuqarolarga tibbiyot sohasini kafolatlashni oʻz zimmasiga olmoqda. Inson omili, uning salomatligiga alohida eʼtibor qaratilgan yangilangan Konstitutsiyamiz uchun oʻtadigan referendumda barchagizni faol ishtirok etishga va ovoz berishga chorlayman.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid