platina.uz
Sport

Diyorbek Ermatov ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida 3 ta medalni qoʻlga kiritdi

Albaniyada oʻtkazilgan jahon chempionatida oʻzbekistonlik sportchi bitta oltin va ikkita bronza medaliga ega boʻldi.
Diyorbek Ermatov ogʻir atletika  boʻyicha jahon chempionatida 3 ta medalni qoʻlga kiritdi

Durres shahrida (Albaniya) ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida oʻzbekistonlik Diyorbek Ermatov bitta oltin va ikkita bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.

-81 kg vazn toifasida supaga chiqqan Ermatov dast koʻtarish mashqida 145 kg bilan eng yuqori natija koʻrsatdi.

Siltab koʻtarishdagi 169 kg (bronza) va ikki kurashdagi umumiy 314 kg (145+169) unga yakunda yana bir bronza medalini taqdim etdi.

Bahslarda birinchi oʻrinni gruziyalik Levan Ochigava (322 kg: 143+179) egallagan boʻlsa, ikkinchi oʻrinda janubiy koreyalik Da He Kvon (316 kg: 142+174) qayd etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid