platina.uz
Jamiyat

2023 yilda fuqarolar ilgari surgan loyihalarni moliyalashtirish davlatga 8 trln soʻmga tushadi

“Tashabbusli byudjet” loyihasining 1-mavsumi uchun esa 1,5 trln soʻm byudjet mablagʻlari ajratilgan.
2023 yilda fuqarolar ilgari surgan loyihalarni moliyalashtirish davlatga 8 trln soʻmga tushadi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ochiqlagan maʼlumotlarga koʻra, davlat byudjetining 2023 yil 1 chorak xarajatlari 62,2 trln. soʻmni tashkil etmoqda. Shundan 29,3 trln. soʻmi ijtimoiy xarajatlarga yoʻnaltiriladi. Shu jumladan, “Tashabbusli byudjet” loyihasining 1-mavsumi uchun 1,5 trln soʻm byudjet mablagʻlari ajratilgan.

2023 yilda bevosita fuqarolar tomonidan ilgari surilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 8 trln. soʻm (2022 yilga nisbatan 3,5 barovarga koʻp) mablagʻlar yoʻnaltirilishi prognoz qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz: ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilgi “Open byudjet” loyihasining 1 mavsumidagi ovoz yigʻish jarayoni koʻp muhokamalarga sabab boʻlyapti.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid