Tibbiyot xodimining faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks yangi 197-7-modda bilan toʻldirilib, unda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.
Mazkur qilmish uchun fuqarolarga – 1,5 mln soʻmdan 2,1 mln soʻmgacha (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa 2,1 mln soʻmdan 3 mln soʻmgacha (7 baravardan 10 baravargacha) jarima yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq tarzidagi jazo belgilandi.