Samarqandda bir oilaning 4 nafar aʼzosi gaz portlashidan halok boʻldi

Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi xonadonlarning birida mudhish hodisa sodir boʻldi.
Viloyat prokuraturasining maʼlum qilishicha, 2023 yil 17 mart kuni soat 05:00 da Kattaqoʻrgʻon tumani, “Madrasa” mahallasida yashagan A.R. uyidagi tabiiy gazga moʻljallangan isitish pechini ehtiyotsizligi bilan notoʻgʻri oʻt oldirganligidan kelib chiqqan qisqa muddatli chaqnash kuzatilganligi oqibatida A.R, turmush oʻrtogʻi K.F, nabiralari I.A. hamda O.A.lar 50 - 60 % kuyish jarohatlari bilan davolanish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
2023 yil 26 mart kuni K.F. Kattaqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasida, voyaga yetmagan I.A. va O.A. lar RShTYoIM Samarqand filialida vafot etgan.
2023 yil 27 mart kuni A.R. Kattaqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
