platina.uz
Jamiyat

Pul koʻpaytirib berishni vaʼda qilib gʻoyib boʻlgan shaxs qoʻlga tushdi

31 yoshli fuqaro nomaʼlum shaxsning ishonchiga kirib, birja orqali pullarini koʻpaytirib olishni taklif qilib, 13.365 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qoʻlga kiritib gʻoyib boʻlgan.
Pul koʻpaytirib berishni vaʼda qilib gʻoyib boʻlgan shaxs qoʻlga tushdi

Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 77 yoshli Q.S.ga nomaʼlum shaxs qoʻngʻiroq qilib, birja orqali pullarini koʻpaytirib olishni taklif qilib, 13.365 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qoʻlga kiritib gʻoyib boʻlganligini maʼlum qilgan.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi 31 yoshli fuqaro A.F. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, qoʻlga olingan.

A.F. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, A.F. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid