Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Rossiyaga yutqazib qoʻydi

Bugun, 28 mart kuni Toshkent shahridagi "Jar" stadionida futbol boʻyicha Oʻzbekiston va Rossiya yoshlari oʻrtasida oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazildi.
Oʻyinda yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov yangi futbolchilarga imkoniyat berdi.
Ushbu bahsda mehmonlar 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Rossiya jamoasi safida gollarga Ivan Zazvonkin va Pavel Meleshin mualliflik qildi.
Eslatib oʻtamiz, Ravshan Haydarov shogirdlari Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida zafar quchgandi.
Prezident tomonidan terma jamoa barcha aʼzolariga avtomobil topshirilgani haqida xabar bergandik.