Oʻzbek-qozoq chegarasining yangi nuqtalari belgilandi

Bu bitim 2022 yil 22 dekabr kuni ikki davlat prezidentlari tomonidan imzolangan edi.
Hujjatga koʻra, oʻzbek-qozoq chegarasining boshlanish nuqtasi Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlat chegaralari, tugash nuqtasi esa Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston davlat chegaralari bilan belgilanadi.
Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Roman Vasilenkoning aytishicha, daryo oqimining oʻzgarishi munosabati bilan Oʻzbekiston-Qozogʻiston chegarasi 5 kilometrga choʻzilib ketgan.
«Delimitatsiya paytida xaritada chegara chizigʻi chizilgan, demarkatsiya vaqtida esa bu yerda daryo oʻzani oʻzgargani maʼlum boʻldi. Bizni ikkita daryo – Sirdaryo va Keles birlashtirib turadi. Kanal oʻzgarmoqda, allyuviy orollar oʻzgarib bormoqda. Chegara anʼanaviy ravishda daryoning formatiga koʻra chiziladi. Hozir 2356 kilometr chegara hisoblanadi. U hozir 5 kmga choʻzilib ketgan», – dedi u.
Demarkatsiya davlat va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, chegaradosh hududlar aholisi manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi davlat chegarasining uzunligi 2356 ming kmni tashkil qiladi. Demarkatsiya boʻyicha muzokaralar 2003 yilda boshlangan. Yerga chegara belgilarini oʻrnatish boʻyicha dala ishlari 2004 yildan 2021 yilgacha davom etgan.