Endi fuqarolar sogʻliqni saqlash boshqarma boshliqlarining shaxsiy raqamiga ham murojaat qilishi mumkin

Fuqaro murojaatlari endi hududiy sogʻliqni saqlash boshqarma boshliqlarining shaxsiy telefon raqami orqali ham qabul qilinadi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan avval sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning +998914031773 shaxsiy telefon raqami orqali sohadagi muammolar yuzasidan aniq fakt va dalillarga asoslangan murojaatlar qabul qilinishi haqida xabar berilgan edi.
Ushbu anʼanani davom ettirgan holda hududiy sogʻliqni saqlash sohasi masʼullari ham oʻz shaxsiy raqamlarini jamoatchilikka ochiqladi:
Murad Qurbanov — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri: +998994141003
Anvar Alimov — Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi: +998888090859
Azizbek Mirzajonov — Andijon viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi: +998944431211
Asqar Bahronov — Buxoro viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi: +998914060013
Ozoda Mahmudova — Jizzax viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi: +998941651122
Bobur Teshayev — Qashqadaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi: +998991867072
Nurali Safoyev — Navoiy viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari: +998935571103
Abdulhodi Iminov — Namangan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi: +998913594716
Davronbek Jumaniyozov — Samarqand viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi: +998915356665 (telegram), +998662349948
Komil Abdivohitov — Surxondaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi: +998955011103
Xurshid Hakimov — Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi: +998959809797
Toʻraqul Arziqulov — Toshkent viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi: +998998487400
Abduqayum Toʻxtaqulov — Fargʻona viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi: +998937316611
Inoyat Hajiyev — Xorazm viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi: +998998952632.
"Hurmatli fuqarolar! Ushbu telefon raqamlari orqali oʻz hududingizda tibbiyotga oid muammo, masalalar va takliflar boʻyicha soha masʼullariga toʻgʻridan toʻgʻri murojaat yoʻllashingiz mumkin. Masʼullar ushbu raqamlarning doimiy ishlab turishi uchun shaxsan javobgardir!
Bundan tashqari, fuqarolar oʻz murojaatlarini vazirlik qoshida kunu tun faoliyat olib boruvchi "1003" qisqa raqamli Sall-markaz, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari qoshida muntazam faoliyat yurituvchi "1103" qisqa raqamli Sall-markaz’lar orqali ham yoʻllashlari mumkin", deyiladi vazirlik xabarida.