platina.uz
Jamiyat

Chorvoqda odam suyaklari topilgani haqiqat boʻlib chiqdi

Bu haqda Boʻstonlik tumani prokuraturasi maʼlumot berdi.
Chorvoqda odam suyaklari topilgani haqiqat boʻlib chiqdi

27 mart kuni telegram-kanallarda Chorvoq suv omborida suv sathining pasayishi oqibatida yuzaga chiqib qolgan odam suyaklari aks etgan video tarqaldi.

Ushbu video yuzasidan Boʻstonliq tuman prokuraturasi maʼlumot berdi.

Aniqlanishicha, ushbu qirgʻoqda bundan bir necha yillar avval, Boʻstonliq tumanidagi “Bolodala” MFY hududida joylashgan “Bezgati bogʻ” qabristoni boʻlganligi, ushbu qishloqda yashovchi aholi shu qabristonga dafn etilganligi, “Chorbogʻ” suv omborida suv sathining koʻtarilishi natijasida “Bolodala” MFY hududida joylashgan “Bezgati bogʻ” qabristoni suv ostida qolib ketganligi, hozirda suv sathi pasayganligi sababli, qabristondan odam suyaklari yuzaga chiqqanligi aniqlandi.

“Chorbogʻ” suv omborida har yilning boshida suv sathi pasayishi natijasida bunday holatlar kuzatilib turilishi maʼlum boʻldi.

"Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi", - deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid