platina.uz
Jamiyat

1 mlrd soʻmga kelishilgan “xizmat”ning 700 mln soʻmini olayotgan favqulodda vaziyatlar xodimi ushlandi – DXX

Shuningdek, Andijonda va Samarqandda ham yer maydonlarini katta-katta pul evaziga sotmoqchi boʻlganlar aniqlandi.
1 mlrd soʻmga kelishilgan “xizmat”ning 700 mln soʻmini olayotgan favqulodda vaziyatlar xodimi ushlandi – DXX

Davlat xavfsizlik xizmati joylarda noqonuniy yer maydonlarini sotish holatlarini aniqladi.

Jumladan, Nurota tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi dehqonchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalik rahbari bilan oʻzaro til biriktirib, ushbu xoʻjalikning 80 gektar yer maydonini xaridorga 1 mlrd. soʻmga sotishga kelishib, oldindan 700 mln. soʻm olgan vaqtlarida ushlandi.

Andijon shahridagi qurilish firmasi rahbari shahar hokimligi zaxirasida boʻlgan 14 sotix yer maydonini goʻyoki oʻziga tegishli ekanini aytib, rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Samarqand tumanida yashovchi fuqaro tuman hokimining tegishli qarori bilan unga dehqon xoʻjaligi tashkil etishi uchun berilgan 35 sotix yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 45 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 25 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid