1 apreldan pensiya va nafaqalar, 1 maydan esa byudjet tashkilotlari xodimlari oyligi oshiriladi

Prezident farmoniga koʻra, 1 apreldan pensiya va nafaqalar, 1 maydan esa byudjet tashkilotlari xodimlari oyligi oshiriladi.
Pensiyalar 7 foizga oshiriladi:
▪️pensiya hisoblashning bazaviy miqdori — 347 ming soʻm:
▪️yoshga doir eng kam pensiya miqdori — 677 ming soʻm;
▪️nogironlik va ish staji kam boʻlgan pensiyalar miqdori — 747 ming soʻm.
Byudjetdan oylik oladiganlar maoshi 7 foizga oshiriladi:
▪️mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — 980 ming soʻm;
▪️bazaviy hisoblash miqdori — 330 ming soʻm.
Bunda tibbiyot, taʼlim va maktabgacha taʼlim xodimlarining oyliklari oshadi xolos. Boshqa sohalarda oʻzgarmaydi.
Barcha uchun oylik ish haqi oxirgi marta 2022 yil 1 iyundan 12 foizga koʻtarilgandi.