platina.uz
Jamiyat

Xalqaro qidiruvdagi firibgar birinchi marta Shvetsiyadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi (MMB) xodimlari tomonidan xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxsni ekstraditsiya qilish Shvetsiyadan birinchi marta amalga oshirildi.
Xalqaro qidiruvdagi firibgar birinchi marta Shvetsiyadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

Toshkent va Stokgolm Interpol MMBlarining hamkorlikdagi harakatlari hamda Lion shahrida oʻtkazilgan Milliy markaziy byurolar rahbarlarining yillik konferensiya davomidagi uchrashuvlar natijasida Shvetsiyadan birinchi marta jinoyatchi Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.
Qidirilayotgan shaxs noqonuniy boyish maqsadida bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, puxta oʻylangan rejaga muvofiq, tegishli hujjatlarni qalbakilashtirish orqali koʻchmas mulkni sotish bilan shugʻullangan va oʻzining ushbu firibgarlik harakatlari orqali katta moddiy zarar yetkazgan.
Olingan maʼlumotlarga koʻra, jinoyatchi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hududida yashiringan, ammo tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qidiruvdagi shaxs Shvetsiya hududida aniqlangan va hibsga olingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ekstraditsiya toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qanoatlantirilganidan soʻng jinoyatchi Interpol MMB xodimlari hamrohligida adolat qaror topishi uchun Oʻzbekistonga olib kelindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid