Toshkentning yangi hokimi: u asl poytaxtlikmi yoki?

Poytaxtga yangi tayinlangan Shavkat Umrzoqov qayerda tugʻilgani boʻyicha aniq maʼlumot topilmadi. Ammo taxminlarga koʻra, u toshkentlik boʻlishi kerak, chunki poytaxtga boshqa joydan kelgan odam hokimlik qila olmaydi. Har holda shu paytgacha shunday edi.
2011-2013 yillarda Toshkent viloyati prokuraturasida uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan. Keyin 2013-2018 yillarda Bosh prokuratura huzuridagi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish departamentiga boshliq boʻlgan. Prokuraturadagi faoliyatini shu yerda yakunlangan.
2018 yilda u “Oʻzavtosanoat” AJga rais etib tayinlangan. Avvalgi rahbar Roʻziqulov koʻp tanqidlar bilan ishdan ketgandi. Bugun u yana joyiga qaytib keldi. 2022 yil 22 fevral kuni Shavkat Umurzoqovga Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimi ham qoʻshimcha sifatida yuklangan. Shu tariqa qariyb 5 yil avtosanoatga masʼul shaxs boʻlgan.
Shavkat Umrzoqov “Mehnat shuhrati” ordeni (2020) va “Sodiq xizmatlari uchun” medali (2013) bilan taqdirlangan.
Eslatib oʻtamiz: 2018 yil aprelidan buyon Toshkent shahriga hokimlik qilib kelgan Ortiqxoʻjayev 2023 yilning ilk haftalarida shaharda elektr va tabiiy gaz taʼminoti bilan bogʻliq jiddiy muammo yuzaga kelishi ortidan 16 yanvar kuni uni ishdan olgandi. Keyinchalik shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.