Toshkentda “Malibu” daraxtga osilib qoldi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasida YTH sodir boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, 2023 yil 26 mart kuni soat taxminan 21:00 larda Shota Rustaveli koʻchasi Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudi qarshisida 2002 yilda tugʻilgan A.Sh boshqaruvidagi 01 M 888 JB davlat raqami belgili “Malibu-2” rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan, yoʻl chetidagi toʻsiqqa urilishi natijasida, yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
“Malibu-2” rusumli avtomashina yoʻlovchisi 2006 yilda tugʻilgan A.A.ga shifokorlar tomonidan birinchi yordam koʻrsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.