platina.uz
Jamiyat

Toshkentda issiq suvni 5 kunga oʻchirish rejalashtirilmayapti

Issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari keyinroq boshlanadi. Bunda, suvning oʻchirilishi butun shaharda bir vaqtning oʻzida emas, balki kvartallar boʻyicha amalga oshiriladi.
Toshkentda issiq suvni 5 kunga  oʻchirish rejalashtirilmayapti

Veolia Energy Tashkent Toshkentda bu yil bahorda issiq suvni 5 kunga oʻchirishlarni rejalashtirmayapti. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari keyinroq boshlanadi. Bunda, suvning oʻchirilishi butun shaharda bir vaqtning oʻzida emas, balki kvartallar boʻyicha amalga oshiriladi.

Maʼlumotda aytilishicha, bunday yondashuv oʻtkaziladigan sinovlar sifatini oshiradi. Mutaxassislar eʼtibori issiqlik tarmogʻining kichik bir qismiga qaratiladi, tekshirish batafsilroq boʻlib, koʻproq nuqsonlarni aniqlaydi.

"Bir kunlik oʻchirish issiqlik tarmoqlarini moʻljallangan harorat boʻyicha sinovdan oʻtkazish uchun zarur. Ular 2 yilda 1 marta oʻtkaziladi. Mutaxassislar harorat deformatsiyasi sharoitida quvurlarning mustahkamligini tekshiradilar.

Toshkent shahridagi issiqlik tarmoqlar qoniqarsiz holatda. Isitish mavsumida avariya holatlari sonini kamaytirish uchun, biz isitisharo davrda issiqlik trassalari uchastkalarini almashtiramiz va nuqsonlarni bartaraf etamiz. Issiqlik tarmoqlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish natijasida nuqsonlar soni kamayadi", — deyiladi Veolia Energy Tashkent xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid