“Qoraqalpogʻistonda poyezd temiryoʻl relsida odamni bosib ketdi”

Aniqlanishicha, joriy yilning 24 mart kuni soat 16:00 larda 053-sonli “Qoʻngʻirot-Toshkent” yoʻnalishidagi yoʻlovchi poyezdi “Ellikqala-Toʻrtkoʻl” bekatlari oraligʻi 552-km. 5-toʻsigʻida harakatlanib oʻtayotgan vaqtida 1979 yil tugʻilgan fuqaro X.Sh.ning ehtiyotsizligi natijasida poyezd yoʻliga chiqib qolgan va natijada poyezd bosib ketkanligi aniqlangan.
Olgan tan jarohatlari natijasida fuqaro X.Sh. voqea joyida vafot etgan.
Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan Orolboʻyi transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borilmoqda.