Oʻzbekistonda ijarada turuvchi talabalar soni 83 mingdan oshgan

Davlat soliq qoʻmitasi talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari, shuningdek, ijarada yashovchi talabalar soni haqida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, 2023 yil 1 mart holatiga soliq organlarida hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomalari soni jami 307 063 tani tashkil etgan.
Jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan 228,5 mingta ijara shartnomalari asosida 21,7 mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 53,7 foizga va hisoblangan daromad soligʻi summasi 34,4 foizga oshgan.
- talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari soni – 50 976 ta
- ijarada turuvchi talabalar soni – 83 018 nafar
Soliq toʻlovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad soligʻidan 7,8 mlrd soʻm imtiyoz qoʻllanilgan.