platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada 145 nafar abituriyentning imtihondan majburan yiqitilganligi sabablari maʼlum boʻldi

Bilimni baholash agentligi direktori Majid Karimovning maʼlum qilishicha, bu masala koʻp oʻrganilgan.
Fargʻonada 145 nafar abituriyentning imtihondan majburan yiqitilganligi sabablari maʼlum boʻldi

Avvalroq Adliya vazirligi qoidabuzar abituriyentlarning 5-7 yilga imtihondan chetlashtirilishini rad etgani haqida xabar bergandik.

“Bu masala koʻp oʻrganildi. Imtihonlarni tashkil etish test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Baʼzi oliygohlarda test imtihonlaridan tashqari ijodiy imtihonlar ham mavjud. Shu nuqtai nazardan ularning imtihon javoblari Davlat test markazining konkurslarni shakllantirish bazasiga kiritadi. Biz oʻsha kiritilgan maʼlumotlarni elektron va qogʻon shaklida rasmiy tasdiqlangan tarzda olamiz.

Endi Fargʻonadagi holatda OTM tomonidan tizimga notoʻgʻri kiritilganligi tufayli bu jarayon sodir boʻlgan va oʻquvchilar talabalikka qabul qilindi” dedi Majid KARIMOV Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Abbos IMOMOV

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid