Buxoroda attraksion uzilib bir oilaning 3 aʼzosi tushib ketdi

Buxoro viloyatida er-xotin va ularning farzandi oʻtirgan attraksion uzlib, ketib 6 metr uzoqlikka uchib ketdi. Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu voqea 26 mart kuni soat 15:51 da Buxoro shahar Xoʻjagʻunjoriy mahallasi Havzi bodom koʻchasida joylashgan “Somoniylar” istirohat bogʻi hududida joylashgan “Tvister” nomli YaTT R.E. va X.Sh.ga tegishli boʻlgan charxpalak attraksioni koʻzdan kechirilganida attraksiondagi oq-qizil rangda boʻlgan bitta argʻimchoq oʻz oʻqi atrofidan chiqib, taxminan 6 metr uzoqlikka uchib borib tushganligi natijasida argʻimchoqda boʻlgan Q.S va uning turmush oʻrtogʻi X.A. hamda ularning farzandi F.A. tan jarohati olganligi aniqlangan.
"Hozirgi vaqtda jabrlangan fuqarolarning salomatligi yaxshi. Ushbu holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi", - deyiladi xabarda.