Adliya vazirligi qoidabuzar abituriyentlarning 5-7 yilga imtihondan chetlashtirilishini rad etdi – Bilimni baholash agentligi

Bir yil Davlat test markazi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar koʻrish yoʻllari ustida ishlayotganini maʼlum qilgandi. Qonuniy choralar sifatida esa imtihonda qoʻlga tushgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan 5-7 yilgacha chetlashtirilishi nazarda tutilayotgandi. Ammo ayni paytgacha ushbu tartib amalga tatbiq etilmadi. Ammo buning sababi haqida Davlat test markazi biror maʼlumot bermagan.
Ayni paytda Bilimni baholash agentligi masʼullari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida ushbu vaziyatga oydinlik kiritilgan. Bu haqda platina.uz jurnalisti Abbos Imomov xabar qilyapti.
Masʼullarning izohiga koʻra, nazarda tutilgan yangi tartib Adliya vazirligi tomonidan rad etilgan. Adliya vazirligi taklif etilgan tartib, yaʼni imtihonda qoʻlga tushgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan 5-7 yilgacha chetlashtirilishi inson huquqlariga toʻgʻri kelmasligini sabab qilib koʻrsatgan.