50 yildan buyon hayot zarbalarini oldinga intilish, kurash bilan yengayotgan zamondosh

“Har doim koʻnglimda ogʻriqli nuqta boʻlgan. Ammo, toʻgʻrisi, inson boʻlib dunyoga kelganimdan juda xursandman. Bir oyogʻimning yaxshi oʻsmasligi natijasida bolalikdan nogironman. Shu tufayli tengdoshlarimdan bir yil keyin oʻqiganman.
Sovuq kunlarda chap oyogʻim harorati baʼzida 0 darajaga tushib ketadi va hech narsani sezmaydi.
Maktab attestatimda hamma bahoyim “5” boʻlib, faqat shu kimyo fanidan “4” olganman. Bu menga zarba boʻlgan. Kelgusida bu fanni mukammal bilishimni isbotlash uchun ham shu kasbni tanlaganman.
Hozirgi kunda Buxoro viloyatining Olot tumanida 27 yildan buyon kimyo fanidan dars beraman. Hassa bilan bir amallab dars oʻtgan kunlarim ham boʻlgan” deydi bugungi zamondoshimiz.