platina.uz
Jamiyat

Toshkentda rahbarining qariyb 4 mlrd soʻmini oʻzlashtirgan bosh hisobchi ushlandi

U tijorat banki filialidan MChJga berilgan elektron kalitdan foydalanib, oylik ish haqidan tashqari qoʻshimcha mablagʻlarni oʻziga avans sifatida hisoblagan va plastik kartasiga oʻtkazish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.
Toshkentda rahbarining qariyb 4 mlrd soʻmini oʻzlashtirgan bosh hisobchi ushlandi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida korxona bosh hisobchisi rahbarining 3,9 milliard soʻmini oʻzlashtirib olgani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. “S.G.” MChJ bosh hisobchisi Ye.K. tijorat banki filialidan bank-mijoz dasturidan foydalanish uchun ushbu MChJga berilgan elektron kalitdan foydalanib, oylik ish haqidan tashqari qoʻshimcha 3,9 milliard soʻmini oʻziga avans sifatida hisoblagan va plastik kartasiga oʻtkazish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid