platina.uz
Jamiyat

Samarqandda ikki kishini Kanadaga yubormoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi

Muqaddam sudlangan ayol ushbu xizmati evaziga har bir fuqaro uchun 12 ming dollardan jami 24 ming dollar miqdorida pul talab qilgan. Ushbu soʻralgan puldan 4 ming dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalilllar bilan ushlandi.
Samarqandda ikki kishini Kanadaga yubormoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi

Samarqandda 24 ming AQSh dollari evaziga ikki kishini Kanada davlatiga yubormoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot sayti xabar berdi.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB tezkor xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan navbatdagi tadbir davomida, 1974 yilda Toyloq tumanida tugʻilgan, muqaddam sudlangan, hozirda Samarqand shahrida yashovchi fuqaro J.Sh. oʻzining yaqin aloqadagi hamtovogʻi bilan jinoiy til biriktirib, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan holda u va uning qarindoshini Kanada davlatiga yuborishni vaʼda qilgan hamda ushbu "xizmatlari" evaziga har bir fuqaro uchun 12 ming AQSh dollaridan jami 24 ming AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan.

J.Sh. ushbu soʻralgan puldan 4 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalilllar bilan qoʻlga olingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid