Fevral oyida isteʼmolchilarga 70,8 mlrd soʻm keshbek toʻlab berilgan

Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumot berishicha, ayni paytda 1,4 mln nafarga yaqin isteʼmolchiga 70,8 mlrd soʻm toʻlab berilgan.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida oʻtgan oylar uchun yana 9,4 mlrd soʻm keshbek tasdiqlandi.
Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 980 mlrd soʻmdan oshgan.
Taʼkidlanishicha, tadbirkorlik subʼektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi va soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda toʻlab boriladi.
Maʼlumot uchun, oʻtgan oyda 2,1 mln nafardan ortiq isteʼmolchilar tomonidan 106,6 mlrd soʻm keshbek yigʻilgan. Bu 2022 yilning mos davriga nisbatan 80 mlrd soʻmga koʻp.