platina.uz
Jamiyat

Buxoroda bir qancha oilaviy bogʻchalar faoliyati vaqtincha toʻxtatildi

Ushbu bogʻchalar hukumat qarorlariga zid ravishda faoliyat olib borib davlat byudjetidan subsidiyalarni noqonunuiy yoʻllar bilan oʻzlashtirganligi aniqlangan.
Buxoroda bir qancha oilaviy bogʻchalar faoliyati vaqtincha toʻxtatildi

Buxoro viloyatidagi bir qancha oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, butun respublika boʻylab bosqichma-bosqich DXSh asosidagi hamda oilaviy nodavlat MTTlarning faoliyati oʻrganilmoqda.

Xuddi shunday oʻrganishlardan biri Buxoro viloyatida ham oʻtkazildi, oʻrganish natijalariga koʻra, Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi YaTT R.M, YaTT J.Sh, YaTT M.D, Romitan tumanidagi YaTT N.M, YaTT H.M.larning faoliyati vaqtincha toʻxtatildi. Sabablari:

  • davlat MTTda tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarni gӯyoki YaTT R.M. va YaTT J.Sh.lardagi ONMTT tarbiyalanuvchilari sifatida NMTTBAT orqali davomatdan oʻtkazilganligi;
  • davlat MTTda faoliyat olib borayotgan xodim, xuddi shu ishlayotgan davlat MTTsidagi tarbiyalanuvchilarni oʻzi ochgan YaTT M.D.dagi oilaviy NMTTdagi tarbiyalanuvchilar oʻrniga davomatdan oʻtkazganligi;
  • YaTT H.M.da faoliyat yuritayotgan tarbiyachi Sh.D, YaTT N.S.dagi tarbiyalanuvchilarning tasvirini yuklab, gӯyoki YaTT H.M.ning tarbiyalanuvchisi sifatida davomat qilganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, ular hukumat qarorlariga zid ravishda faoliyat olib borib davlat byudjetidan subsidiyalarni noqonunuiy yoʻllar bilan oʻzlashtirayotgan qoʻshtirnoq ichidagi ayrim tadbirkorlarning faoliyatiga qonuniy chora koʻrish uchun huquq-tartibot organlariga toʻplangan hujjatlar yuborilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid