platina.uz
Jamiyat

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari hibsga olingani tasdiqlandi

OAVda Tashqi mehnat migratsiya agentligi rahbari mansab vakolatini suiisteʼmol qilganligi sabab qamoqqa olingani aytilgandi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari hibsga olingani tasdiqlandi

Tashqi mehnat migratsiya agentligi rahbari Afzal Ermatov Jinoyat kodeksining 205-moddasida (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumonlanmoqda. U ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

OAVda maʼlumotlar tarqalgach, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holatga munosabat bildirdi.

"Mavjud maʼlumotlarga koʻra, agentlik boshligʻi A.Ermatovga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari boʻyicha ayb eʼlon qilinib, hibsga olingan.

Hozirda uning xatti-harakatlari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Afzal Ermatov 2010 yildan 2013 yilgacha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida rahbar boʻlib ishlagan. Keyinchalik 2022 yilning martidan yana ushbu lavozimga qaytgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid