platina.uz
Jamiyat

Samarqandda AQShga yuborishini aytib, fuqarodan 10 ming dollar olgan yigit ushlandi

DXX va IIB Samarqandda fuqaroni 50 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga joʻnatmoqchi boʻlgan erkak qoʻlga olindi.
Samarqandda AQShga yuborishini aytib, fuqarodan 10 ming dollar olgan yigit ushlandi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlardan birida fuqaroni AQShga joʻnatish evaziga pul talab qilgan shaxs qoʻlga olindi.

Maʼlum qilinishicha, Samarqand shahrida yashovchi 27 yoshli fuqaro J.Y. mahalliy fuqaroni 50 ming AQSh dollari evaziga «Toshkent-Yevropa ittifoqi-Meksika-AQSh» yoʻnalishi orqali AQShga joʻnatishni vaʼda qilib, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqaro N.T.dan boʻnak sifatida 10 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Fuqaro J.Y.ga tegishli avtomashina koʻzdan kechirilganida fuqaro N.T.ga tegishli xorijga chiqish pasporti, uning qizining ID-kartasi, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma va hokazolar borligi aniqlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid