Oʻzbekistonliklar ikki oyda elektromobillar uchun qancha mablagʻ sarflagani maʼlum boʻldi
Elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562 taga oshgan.
Jamiyat
25-mart 2023 yil

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023 yilning yanvar-fevral oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,8 mln AQSh dollariga teng boʻlgan 786 dona elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562 taga oshgan.
Oʻzbekiston 2 oyda eng koʻp elektromobil import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 705 ta
- Gonkong – 56 ta
- Germaniya – 15 ta
- BAA – 5 ta
- Koreya – 2 ta