platina.uz
Jamiyat

Mutaxassis ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan roʻyxat haqida muhim haqiqatni ochiqladi

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, koʻpchilikning muhokamasiga sabab boʻlgan hududlar kesimidagi zilzila xavfliligi roʻyxatiga oid muhim maʼlumotlar ochiqlandi.
Mutaxassis ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan  roʻyxat haqida muhim haqiqatni ochiqladi

Vohidxon ISMOILOV, Seysmologiya instituti professori:

– Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu roʻyxat maxfiy emas.

Butun Oʻzbekiston hududidagi qurilish obʼektlari aynan roʻyxatda belgilangan zilzilabardoshlik parametrlari asosida quriladi.

Yaʼni Oʻzbekistonning birorta viloyatida maksimum 7 ballik zilzila boʻlish xavfi mavjud boʻlsa, u yerda 5 yoki 6 ballik zilzilaga moslab inshoot qurilmaydi. Aynan 7 yoki undan yuqori magnitudali yer qimirlashiga moslab bino quriladi. Bu roʻyxat doimiy tarzda eʼlon qilib kelingan va ortiqcha vahimaga hojat yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda kuchli zilzila boʻlishi xaqida tarqalgan xabarlarga mutaxassis munosabatini maʼlum qilgandik.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid