platina.uz
Jamiyat

Bosh prokuratura tomonidan bir guruh mansabdorlarga qarshi jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Oʻtkazilgan tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzib kelingani aniqlandi.
Bosh prokuratura tomonidan bir guruh mansabdorlarga qarshi jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Bosh prokuratura tomonidan sobiq Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasida oʻtkazilgan oʻrganishda Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat xaridlari toʻgʻrisida"gi Qonun talablari buzib kelingani aniqladi.

Xususan, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan yuqoridagi Qonun talablari buzilib, tender tanlovlari oʻtkazilmasdan, festival tadbirlarini oʻtkazish uchun turli firmalar bilan 20 mlrd. soʻmlik toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilgan.

Ushbu festivallar 2022 yilning may-sentabr oylarida amalda oʻtkazib boʻlingan boʻlsada, qonun buzilishlarni yashirish maqsadida "etender.uzex.uz" maxsus axborot portaliga 24 oktabr va 3 noyabr kunlari poytaxtda 5 ta festival tadbirlarini oʻtkazish haqida nomigagina eʼlon va hujjatlar joylashtirilgan hamda shartnomalar tuzilgan.

Oʻtkazilgan festivallar doirasida ham amalda bajarilmagan ishlar va koʻrsatilmagan xizmatlar uchun 8 mlrd. soʻmlik byudjet mablagʻlari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Tekshirish natijasiga koʻra, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid