Termiz hokimiga hayfsan, Angor tumani hokimi qattiq ogohlantirildi

Termiz shahar hokimi Toʻrayev Oʻktam Ismailovichga hayfsan jazosi berildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlumot uchun, Toʻrayev 2022 yilning 9 dekabr kuni ham hayfsan olgandi. Oʻshanda u Surxondaryo viloyati hokimi imzolagan hujjatga koʻra, u topshiriqlarga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan, ijro intizomiga yetarli eʼtibor qaratmagan.
Shuningdek, Angor tumani hokimi Mardonov Qosim Esonovich qatʼiy ogohlantirildi.
Har ikkala hokim aholi murojaatlarini tinglamagan, muammoni oʻrganib hal qilmagan va ijro intizomiga rioya qilmagani aytilgan.