platina.uz
Jamiyat

Rozuqulov Ulugʻbek Ubaydullayevich “Oʻzavtosanoat” kompaniyasi raisi lavozimiga tayinlandi

U Oʻzbekistonning Indoneziya, Vetnamdagi elchisi sifatida ishlab kelayotgan edi. U. Rozuqulov Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” rahbari sifatida ham faoliyat yuritgan.
Rozuqulov Ulugʻbek Ubaydullayevich “Oʻzavtosanoat” kompaniyasi raisi lavozimiga tayinlandi

Rozuqulov Ulugʻbek Ubaydullayevich “Oʻzavtosanoat” kompaniyasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Ulugʻbek Rozuqulov (1969 yilda tugʻilgan) Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bitiruvchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti aspiranturasini tamomlagan, iqtisod fanlari nomzodi hisoblanadi.

U bu lavozimga tayinlangunga qadar 2018 yildan Oʻzbekistonning Indoneziyadagi, 2019 yilning oktabr oyidan esa Vetnamdagi elchisi boʻlib ishlagan.

2017−2018 yillarda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (hozirgi Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports)da boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, unga qadar bosh vazir oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” boshqaruvi raisi, Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori, Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid