Oʻzbekistonda 9 ballik zilzila boʻladimi?

“9 ballik zilzila sodir boʻlishi haqidagi roʻyxat vazirlik tomonidan eʼlon qilinmagan. Bunday xabarlar “feyk" hisoblanadi. Hech kim zilzilaning qachon va qayerda sodir boʻlishini oldindan ayta olmaydi”, deydi Sodiqov.
Eslatib oʻtamiz, FVV avvalroq ham aholini ogohlantirish bilan chiqqan va yurtimizda kuchli zilzila boʻlishi haqida xabarlar haqiqatga yaqin emasligini maʼlum qilgandi.
Shuningdek, yurtimizda kuzatilgan 5 balli zilzilalar haqida mutaxassis muhim haqiqatni aytgani haqida ham maʼlumot bergandik.




