Narxlar barqarorligini taʼminlashga doir imtiyoz muddati uzaytirildi – Prezident farmoni

Prezidentning joriy yil 23 martdagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2024 yil 1 yanvargacha Oʻzbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan tovarlar roʻyxati tasdiqlandi.
Jumladan:
- yogurt; paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq;
- pishloq va tvoroglar;
- yangi yoki quritilgan xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya;
- yangi olma, nok va behi;
- bugʻdoy yoki javdardan tashqari gʻalla donidan un;
- kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari.
Eslatib oʻtamiz, ilgari mazkur muddat Prezidentning 2022 yil 31 maydagi farmoniga asosan 2023 yilning 1 iyuliga qadar edi.