platina.uz
Jamiyat

Mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga oʻtkazish tartibi oʻzgardi

Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga oʻtkazish tartibi oʻzgardi

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun 23 mart kuni Prezident tomonidan imzolandi.

Jinoyat kodeksiga jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum ogʻir jinoyati uchun jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini (ilgari yarmini edi), oʻta ogʻir jinoyati uchun esa toʻrtdan uch qismini (ilgari uchdan ikki qismi edi) oʻtaganidan keyin qoʻllanilishiga oid oʻzgartish kiritildi.

Mazkur jinoyatlar uchun jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish esa tegishli ogʻir jinoyat uchun jazoning yarmini (ilgari uchdan bir qismini edi) hamda oʻta ogʻir jinoyat uchun jazoning uchdan ikki qismini (ilgari yarmini edi) oʻtaganidan keyin qoʻllaniladi.

Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bilan birga jazoni ijro etuvchi organning ruxsati ham olinishiga oid talab qoʻyildi.

Mahkumlarga navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish tarzidagi intizomiy jazo chorasi kiritildi.

  • Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga quyidagilar toʻgʻrisida taqdimnoma kiritiladi:
  • manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan – turmaga oʻtkazish toʻgʻrisida;
  • manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan – maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan – turmaga qaytarish haqida.

Ilgari mazkur tartiblar intizomiy jazo sifatida Jazoni ijro etish muassasalari tomonidan qoʻllanilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid