platina.uz
Jamiyat

2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori eʼlon qilindi

2023 (hijriy 1444) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi.
2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori eʼlon qilindi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼatining 2023 yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori boʻyicha qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, 2023 yilda zakot nisobi 35 million 700 ming soʻm etib belgilandi. Shu va shundan ortiq mablagʻga ega boʻlgan kishi jami daromadining qirqdan biri (2,5 foiz)ni ajratib, uni zakot niyatida ehtiyojmandlarga beradi.

Shuningdek, fitr sadaqasi va fidya miqdori ham belgilandi. Markaz xabariga koʻra:

  • bugʻdoy 2 kilogramm — 12 ming soʻm;
  • arpa 4 kilogramm — 20 ming soʻm;
  • mayiz 2 kilogramm — 100 ming soʻm;
  • xurmo 4 kilogramm — 180 ming soʻm.

"Har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasi yoki fidya miqdorini bersa kifoya qiladi", — deyiladi markaz xabarida

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid