platina.uz
Jamiyat

1 mlrd.ga kelishilgan savdo “pishmadi”

Navoiy va Andijonda yer maydonlari savdosi bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi. Yer gektariga qarab 13 000 dollardan boshlanib 1 mlrd soʻmgacha baholangan. Bunday korrupsion holatlarda “yuqoridagi tanish”lar yordami ham tilga olingan.
1 mlrd.ga kelishilgan savdo “pishmadi”

Yer maydonlari savdosi bilan bogʻliq bir qancha firibgarlik holatlari fosh etildi.

Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Nurota tumani yashovchi N.T. “J.B.” fermer xoʻjaligi rahbari Y.N. bilan oʻzaro til biriktirib, xoʻjalikning 80 gektar yer maydonini firibgarlik yoʻli bilan fuqaro M.X.ga 1 mlrd soʻmga sotishga kelishib, oldindan 700 mln soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda, Nurota tumanida yashovchi Z.X. “M.B.” oilaviy korxonasi rahbari B.M. bilan oʻzaro til biriktirib, ushbu korxonaga qarashli yer maydoni bilan birga davlat zaxirasidan yana 16 gektar jami 32 gektar yer maydonini fuqaro T.K.ga 30 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Izboskan tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.U. “U.M.” bogʻdorchilik fermer xoʻjaligiga qarashli 0,10 gektar yer maydonini goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida fuqaro A.B.ga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Jomboy tuman boʻlimi tomonidan, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro L.J. fuqaro B.K.ning ishonchiga kirib, unga Tayloq tumani hududidagi 0,13 gektar sugʻoriladigan yer maydonini 13 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 10 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid