platina.uz
Jamiyat

Xonanda xotinini pichoqlab oʻldirganlikda ayblanmoqda

36 yoshli xonanda oʻzi bilan birga yashab yurgan ayolni oʻldirganlikda gumonlanib, qoʻlga olindi.
Xonanda xotinini pichoqlab oʻldirganlikda ayblanmoqda

Xonanda Dilmurod Daliyev kecha, 23 mart kuni tunda xotinini pichoqlab qoʻydi. Buning oqibatida ayol vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovning Platina.uz'ga xabar berishicha, oilaviy janjal oqibatida erkak oshxona pichogʻi bilan ayolga bir necha marta pichoq urgan. Natijada marhuma olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid