Toshkent shahrining 2 ta tumanida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

Energetika vazirligining maʼlum qilishicha, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Hamkarobod koʻchasi hududidagi yer usti oʻrta bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich oʻrnatish ishlari rejalashtirilgan.
Shu sababli bugun, 23 mart kuni soat 11:00dan 17:30ga qadar Tiklanish MFY, Hamkarobod koʻchasidagi 400 ta yerli xonadon va 34 ta ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
Shuningdek, Olmazor tumani, Qizgʻaldoq va Bunyodkor MFY hududidagi gaz quvuriga hisoblagich oʻrnatilishi sababli soat 11:00dan 17:30ga qadar quyidagi isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
Aholi isteʼmolchilar:
- Qizgʻaldoq 165 ta xonadon,
- Bunyodkor 135 ta xonadon.
Ulgurji isteʼmolchilar:
- Market 3 ta.
Taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.