platina.uz
Jamiyat

«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Kalava ip ortilgan IVECO rusumli yuk mashinasi kabina qismida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida yongʻin sodir boʻlgan.
«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

23 mart kuni «Qamchiq» dovonida yuk mashinasining kabina qismida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, soat16:55 da "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga A-373 avtomobil yoʻlining "Qamchiq" dovonidan oʻtgan 255 kilometrda “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha harakatlangan kalava ip ortilgan “IVEKO” rusumli yuk mashinasi kabina qismida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida yongʻin sodir boʻlgan.

FVV maʼlum qilishicha, zudlik bilan aytilgan manzilga 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borib yongʻin bartaraf etilgan.

"Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq", — deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid