Pedagoglar uchun muhim xushxabar

"Taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori (120-son, 23.03.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga koʻra, 2023 yil 1 apreldan quyidagilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:
- ️pedagogik faoliyat boʻyicha 25 yil va undan koʻp ish stajiga ega pedagog xodimlar;
- ️yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan koʻp boʻlmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.