Oʻzbekistonda yana kuchli zilzila sodir boʻldi

Tojikistonda 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:07 da zilzila sodir boʻldi. Zilzila kuchi Oʻzbekistonning qator hududlarida sezildi.
Seysmoprognostik monitoring markaziga koʻra, zilzila magnitudasi 6 ball boʻlgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 217 kilometr janubiy-sharqda joylashgan. Zilzila koordinatalari: 39,39 gradus shimoliy kenglik; 69,93 gradus sharqiy uzunlik.
Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:
- Sirdaryo viloyatida 5 ball, 157 kilometr;
- Fargʻona viloyatida 5 ball, 192 kilometr;
- Jizzax viloyatida 5 ball, 198 kilometr;
- Toshkent shahrida 5 ball, 217 kilometr;
- Namangan viloyatida 4-5 ball, 232 kilometr;
- Samarqand viloyatida 4-5 ball, 256 kilometr;
- Andijon viloyatida 4-5 ball, 257 kilometr;
- Surxandaryo viloyatida 4 ball, 335 kilometr;
- Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 363 kilometr;
- Navoiy viloyatida 4 ball, 398 kilometr;
- Buxoro viloyatida 4 ball, 474 kilometr.




