platina.uz
Jamiyat

Koreyada ishlash uchun oʻtkaziladigan test imtixonidagi jinoyat fosh etildi

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan EPS-Topik testida roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar oʻrniga boshqa shaxslar imtixonga kirishga uringan.
Koreyada ishlash uchun oʻtkaziladigan test imtixonidagi jinoyat fosh etildi

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan EPS-Topik testida imtihon tartiblariga rioya qilmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar P.A. va K.M. oʻrniga boshqa fuqarolar kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

"Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 2 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum boʻlishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz", - deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid