Jamoatchilik nazorati: bunga kim va nima uchun ruxsat bergan?

Tvitter foydalanuvchisi Feruzbek Sayfullayev ushbu holat haqida 2 kun avval post joylagan.
Suratlarga esa “Toshkent shahri, Sergeli tumani Qipchoq koʻchasidagi Chinor daraxtlari manashu kuyga solinibdi” deya izoh qoldirgan.
Shuningdek, maʼlumot sifatida Chinor daraxti (Sharqiy platan) bizda 4 yildan buyon Oʻzbekiston Qizil Kitobiga kiritilganini qayd etgan.
Jamoatchilik nazorati sifatidagi ushbu postni tvitterda ulasharkan, “Bunga kim va nima uchun ruxsat bergani hozircha nomaʼlum. Lekin bu daraxtlarning uvoli uradi hali”, deb yozib qoldirgan.
Suratlardan koʻrish mumkinki, ushbu holat hududdagi qurilish obʼektida kuzatilgan.
Ammo oradan ikki kun oʻtgan boʻlsa-da, na Tabiat resurslari vazirligi, na Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi biror munosabat bermagan. Biz bu holatga har ikkala vazirlik munosabat bildirishiga umid qilib qolamiz.