platina.uz
Jamiyat

FVV muhim ogohlantirish bilan chiqdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda muhokama boʻlayotgan masala – yurtimizda yaqin orada yana kuchli zilzila boʻlishi mumkinligi haqidagi xavotirlarga javob berdi.
FVV muhim ogohlantirish bilan chiqdi

Oʻzbekistonda 21 va 23 mart kunlari yer silkinishi kuzatildi. Afgʻoniston va Tojikistonda kuzatilgan zilzila kuchi Oʻzbekiston hududlarida ham sezildi.

Bu esa aholi orasida muhokamalarga sabab boʻlmoqda. FVV esa aholini muhim ogohlantirish bilan murojaaat qildi.

"Hurmatli yurtdoshlar, shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yaqin kunlarda zilzila sodir boʻlishi mumkinligi haqida soxta xabarlar tarqalmoqda. Shu munosabat bilan Sizlarni bunday yolgʻon xabarlarga ishonmaslikka chaqiramiz. Yana bir bor taʼkidlaymizki, bugungi kunda dunyoning hech bir davlatida zilzila sodir boʻladigan sana va hatto taxminiy vaqtni bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emas. Oʻzbekiston seysmik faol zonada joylashgani sababli baʼzida yer silkinishlari sodir boʻladi. Har doim shunday boʻlgan", - deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid