Farzandlarimiz oldida davlatning burchi kafolatlanyapti, ammo...

MAʼLUMOT UChUN: Yangilanayotgan Konstitutitsiyaning 65-moddasida quyidagicha norma kiritilgan:
Farzandlar ota-onasining nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdir.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʻlaqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning burchidir.
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy va maʼnaviy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik va Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻularini shakllantirish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.