Ertaga kunduzi 5 ballik magnit boʻronlari boʻlishi kutilmoqda

Mutaxassis tavsiyasiga koʻra, ertaga kutilayotgan G3 darajadagi 5 ballik magnit boʻroni faolligi paytida ovqatlanish ratsionlariga baliq va koʻkat mahsulotlarini kiritish, isteʼmol qilish zarur.
“Magnit boʻronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomoni va peshonada kuchsiz ogʻrish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda koʻproq oʻtirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oraligʻida yuqoridagi omilni oʻzida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zoʻriqish tavsiya etilmaydi” demoqda mutaxassis.
Shunday ekan, tavsiyalarga amal qiling, bu esa magnit boʻronidan organizmingizga salbiy taʼsir koʻrsatishining oldini oladi.