platina.uz
Jahon

«Dok-1 Maks»ni ishlab chiqargan Hindiston kompaniyasining litsenziyasi bekor qilindi

Aynan shu dori sabab Oʻzbekistonda ham 20 ga yaqin bolalarning oʻlimi kuzatilgandi.
«Dok-1 Maks»ni ishlab chiqargan Hindiston kompaniyasining litsenziyasi bekor qilindi

Hindiston hukumati Oʻzbekistondagi bolalar oʻlimiga sabab boʻlgan “Dok-1 Maks” dori vositasini ishlab chiqaruvchi "Marion Biotech" kompaniyasi litsenziyasini bekor qildi.

Maʼlum qilinishicha, Hindistonning Uttar Pradesh shtati narkologiya va litsenziyalash departamenti Marion Biotech kompaniyasining litsenziyasini bekor qilgan. "Marion Biotech" kompaniyasining yoʻtalga qarshi siropi "Dok-1" Oʻzbekistonda 18 bolaning oʻlimiga sabab boʻldi. Oʻtgan yili dekabr oyida sodir boʻlgan voqea sabab Hindistonda tergov boshlangan edi.

"Ularning litsenziyasi yanvarda vaqtincha toʻxtatilgandi. Endi butunlay bekor qilindi. Ular sirop ishlab chiqara olmaydi", — deyilgan hukumat bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Hindiston hukumati «Dok-1 Maks» dorisini ishlab chiqargan kompaniyaga qarshi ish ochgani haqida xabar bergandik. Shuningdek, Marion Biotech kompaniyasining 3 nafar xodimi hibsga olingani haqida maʼlum qilgandik.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid